Menu image

OMMAVIY OFERTA

MY-SCHOOL.UZ raqamli boshqaruv platformasidan foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, “MY-SCHOOL.UZ” platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu hujjat ommaviy oferta hisoblanadi va Platformadan foydalangan har bir shaxs ushbu shartlarga rozilik bildirgan hisoblanadi.
  3. Platforma egasi: Progress Solution Technologies MCHJ (keyingi o‘rinlarda – Operator).

2. Platforma xizmatlari

2.1. Platforma xususiy maktablar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • - O‘quvchilar bilan shartnomalarni avtomatik tuzish va arxivlash;
  • - To‘lovlarni qo‘lda yoki avtomatik tarzda kiritish, monitoring va hisobotlarni shakllantirish;
  • - Qarzdorliklarni real vaqt rejimida kuzatish va avtomatik eslatmalar yuborish (SMS, tizim bildirishnomalari);
  • - O‘quvchilar davomatini qayd etish va statistik tahlil qilish;
  • - Maktab filiallari faoliyatini yagona boshqaruv panelida ko‘rish;
  • - Dashboard va hisobotlar orqali moliyaviy va boshqaruv ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

3. Foydalanuvchi huquq va majburiyatlari

  1. Foydalanuvchi Platformadan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi shart.
  2. Foydalanuvchi login va parolni sir saqlash, shuningdek, uchinchi shaxsga bermaslik majburiyatini oladi.
  3. Foydalanuvchi Platformadan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va internet aloqani mustaqil ta’minlaydi.

4. Operatorning huquq va majburiyatlari

  1. Operator Platformaning uzluksiz ishlashini (99.5% uptime) ta’minlashga intiladi.
  2. Operator foydalanuvchilarning ma’lumotlarini xavfsiz saqlash choralarini ko‘radi (shifrlash, zaxira nusxalar, ma’lumotlarni uchinchi shaxsga bermaslik).
  3. Operator texnik ishlarni olib borishi mumkin, bu haqda foydalanuvchilarga oldindan xabar beriladi.

5. To‘lov va hisob-kitob tartibi

  1. Platformadan foydalanish pullik asosda amalga oshiriladi.
  2. Tarif rejalar (3, 6 yoki 12 oylik) Operator tomonidan belgilanadi va Platforma saytida (www.my-school.uz) e’lon qilinadi.
  3. To‘lovlar Pul ko’chirish va boshqa integratsiyalashgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

6. Javobgarlik

  1. Operator Platformadan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas.
  2. Operator texnik sabablarga ko‘ra xizmat ko‘rsatishda uzilishlar bo‘lsa, ularni imkon qadar tezkor bartaraf etadi.
  3. Foydalanuvchi Platformadan foydalanishda qonunchilikni buzsa, Operator xizmatni vaqtinchalik to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish huquqiga ega.

7. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

  1. Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar faqat Platforma xizmatlarini taqdim etish maqsadida ishlatiladi.
  2. Operator ma’lumotlarni uchinchi shaxsga bermaydi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.

8. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu oferta Platforma saytida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  2. Operator ushbu ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar Platforma saytida e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
  3. Foydalanuvchi Platformadan foydalanishni davom ettirishi ushbu shartlarga rozilik bildirganini anglatadi.
Close image