MKI SCHOOL
Farzandingiz uchun ishonchli va zamonaviy maktab qidiryapsizmi? ✨ MKI School — bu: 📚 Ingliz tili va matemati...
“Yangi Avlod Andijon” maktabida “Kelajak soati” fani doirasida “Ma’naviyat, mehr va oqibat” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy darslar tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilarga ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni, mehr-oqibat va insoniylik qadriyatlarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida tushunarli va hayotiy misollar orqali fikrlar bildirildi. O‘zaro hurmat, g‘amxo‘rlik, yaxshilik qilish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi fazilatlar keng yoritildi.
Mazkur darslar yosh avlod qalbida insonparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-shafqat va ijobiy munosabatlarni shakllantirishga xizmat qildi hamda maktab jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamladi
Maʼlumotlar Golden Pages, ochiq portallari, maktabning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi Instagram, Telegram sahifalari asosida shakllantirildi.