ISTIQBOL ZAMON BOLALARI
ISTIQBOL ZAMON BOLALARI

ISTIQBOL ZAMON BOLALARI

Namangan viloyati, Namangan sh, Davlatobod tumani
Rahbar MADAMINOVA MATLYUBA RUVAJIDDINOVNA
Toifasi Tа'lim sohаsidаgi yordаmchi fаoliyat
STIR 303338042
Ko'rildi 42

Maktab haqida

MAKTABIMIZ HAQIDA

Maktabimiz – Namangandagi eng muvaffaqiyatli ta’lim dargohlaridan biridir.

Bunda 1-sinfdan 9-sinfgacha bo`lgan o`quvchilarning davlat ta’lim standartlari asosida kuchli bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Matematika va ingliz tilidan chuqurlashtirilgan qo`shimcha to`garak mashg`ulotlari faoliyat ko`rsatadi.

Pedagogik jamoamiz – ijodkor, tashabbuskor va o`z kasbining mohir ustalaridir! O`qituvchi va tarbiyachilar o`rtasida yaratilgan ahil do`stona munosabat bolajonlarimizga har qanday muhitga tez moslashish, umuminsoniy qadriyatlarni tushunish va o`zlashtirishga yordam beradi.

Karantin davrida ham o`qishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida masofaviy ta’lim uchun sinfxonalarda yaratilgan a’lo darajadagi sharoitlar va qulay platform yordamida bolalar tafakkurining har tomonlama rivojlanishi, qiziqishlar doirasi, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berilgani – maktabimizning asosiy yutug`idir.


MAKTABIMIZ SHIORI: QUVONCH ILA O`QI!

Asosiy maqsadimiz – bolaga shunchaki bilim berish emas, balki uning shaxs sifatida o`zligini anglashi, vatanga sadoqatli bo`lish, doimo muvaffaqiyatlarga intilish, keng fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va o`z kuchiga ishonadigan ruhda tarbiyalashdir.


Maktabda qulay ijtimoiy-madaniy muhit yaratilgan bo`lib, bu yerda tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi to`garaklarga qatnash imkoniyati mavjud. Asosiy madaniy markazlar maktabimiz atrofida joylashgan: “Barkamol avlod” bolalar ijodiy markazi(tasviriy san’at, badiiy gimnastika, raqs, rabototexnika to`garaklari), “Okean” suzish havzasi, musiqa maktabi, Tennis maktabi, “To`qimachilar” madaniyat saroyi(xoreografiya va gimnastika to`garaklari).


O`zbekiston Respublikasi Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi bilan o`rnatilgan samarali hamkorlik natijasida o`quvchilarimiz ko`plab xalqaro fan olimpiadalari  va ta’lim grantlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`lmoqdalar.


Bugungi kunda viloyatimizning turli tumanlarida maktabimiz qoshida tashkil etilgan uchta bolalar bog`chasi faoliyat ko`rsatmoqda. Bog`cha tarbiyalanuvchilari innovatsion usulda o`qitilib, maktab yoshiga yetgach, boshlang`ich sinflarga o`tkazilmoqda.

Xaritadagi joylashuv

Litsenziya ma'lumotlari

Tashkilot nomi ISTIQBOL ZAMON BOLALARI
Manzil Namangan viloyati, Namangan sh, Davlatobod tumani
STIR raqami 303338042
Taqdim etilgan sana 15.05.2015
Faoliyat turi Tа'lim sohаsidаgi yordаmchi fаoliyat


Maʼlumotlar
OrgInfo, Golden Pages, ochiq portallari, maktabning rasmiy veb-sayti hamda maktabning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi Telegram, Facebook sahifalari asosida shakllantirildi.

Aloqa ma'lumotlari

Phone
+998 (95) 303 80 70
Close image