IQTIDORLY XALQARO MAKTABI
IQTIDORLY XALQARO MAKTABI

IQTIDORLY XALQARO MAKTABI

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri
Rahbar SODIQOV SARDOR SODIQOVICH
Toifasi Umumiy o'rtа tа'lim
STIR 311812906

Maktab haqida

Biz haqimizda

Iqtidor xalqaro maktabida ta'lim olish degani bu yodlab eslab qolish emas, balki tafakkurni uyg'otishdir. Har bir bolada o'ziga hos iqtidor borligiga ishongan holda, biz o‘quvchilarga ana shu salohiyatni intizom, ijodkorlik va aniq maqsad orqali kashf etish va rivojlantirishda ko‘maklashamiz. Biz klassik ta'lim yondashuviga tayangan, shu bilan birga zamonaviy taraqqiyotga yuzlangan ta’lim yo‘lini tanlaganmiz — unda bilim, tafakkur va ma’naviy kuch haqiqiy barkamollikning asosi hisoblanadi. Bu yerda ilm va ahloq yonma-yon kamol topadi. Iqtidor xalqaro maktabi shunchaki imtihonlarga tayyorlaydigan maskan emas, balki chuqur fikrlay oladigan, oqilona yashaydigan va buyuk kelajak yo‘lida jasorat bilan hissa qo‘sha oladigan yosh avlodni tarbiyalaydigan muqaddas dargohdir.

Bizning maktabimiz falsafasi


Iqtidor ekotizimi yuragida jadid bobolarimizning ruhiyati va qalbi barhayot urib turadi — ular bir zamonlar ta’limni yangi davr uchun qayta tasavvur qilgan buyuk ma’rifatparvarlar va islohotchilar edi. Biz ularning savol berishdagi jasorati, yaxshilanishga intilishi va ta’limni xalqni uyg‘otuvchi hamda millatni yuksaltiruvchi eng muqaddas yo‘l deb bilgan ulug‘ g‘oyalaridan ilhom olamiz. Va shu orqali, biz o'zimiz uchun 4 qadriyat joriy etganmiz.

Xulq – barcha ishga samimiy va vijdonan yondashish

Aniqlik – gapimiz va amalimiz aniq bo'lishi va tanqidiy fikrlash olish

Jasorat – mardonavor savol berish, qo'rqmaslik, haqiqat uchun kurashish, ixtirolar va yangiliklar qila olish

Hissa – o'z iqtidori orqali boshqalarga yordam bera olish

Yuqoridagi qadriyatlar bizning sinflarimizni, o‘zaro munosabatlarimizni va ezgu maqsadlarimizni shakllantiradi. Ular bizga ta’lim nafaqat tafakkurni, balki insonning ma’naviy yo‘l ko‘rsatkichini tarbiyalashi lozimligini doim eslatib turadi.

Xaritadagi joylashuv

Litsenziya ma'lumotlari

Tashkilot nomi IQTIDORLY XALQARO MAKTABI
Manzil Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri
STIR raqami 311812906
Taqdim etilgan sana 06.01.2025
Faoliyat turi Umumiy o'rtа tа'lim

Maʼlumotlar OrgInfo, ochiq portallari, maktabning rasmiy veb-sayti hamda maktabning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi Instagram sahifalari asosida shakllantirildi.

Close image